✅Kun tartibida:
1. Olmaliq shahar hokimi va hokim o'rinbosarlariga biriktirilgan mahallalarning 2026-yil fevral oyi ish rejasini tasdiqlash to'g'risida;
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qarorining ijrosi to'g'risida;
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-48-sonli qarori ijrosi to'g'risida;
4. Xalq deputatlari shahar Kengashining, doimiy komissiyalarining hamda deputatlik guruhlarining 2026-yil ish rejalarini tasdiqlash to'g'risida;
5. Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlarining 2025-yil 4-chorak hamda 2026-yil 1-chorak yakuni bo'yicha o'z saylovchilariga axborot berish grafigini tasdiqlash to'g'risidagi masalalar ko'rib chiqildi.
✅Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli mas'ullarning hisobot va axborotlari tinglanib doimiy komissiya tomonidan tegishli qarorlar qabul qilindi.