Olmaliq shahar "Chambil" mahalla hududida joylashgan Olmaliq Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashiga "Adolat" SDPdan saylangan deputat Faxriddin Matasimov tomonidan o'rganildi.
Texnikumda o'quvchilarning sport bilan shug'ullanishi, darslarda elektron tizimlardan foydalangan holda olib borilishi, kutubxona va boshqa sharoitlar yaratilgan.
O'rganish jarayonida o'quvchilarning davomati, sport zallarining sport anjomlari bilan ta'minlanish holati, xona va yo'laklarning sanitar holatiga alohida e'tibor qaratildi.
Binoning kirish yo'laklariga alohida nogironlar uchun yo'lka qilinganligi alohida e'tiborimizni tortdi. Mazkur o'rganish yuzasidan kamchiliklarni bartaraf qilish choralarini ko'rish belgilab olindi.