✅️Olmaliq shahar So'fi Olloyor mahalla hududida joylashgan 80-sonli maxsus maktab internatining yotoqxonalari, sport zallari, oshxonalari, kasbga tayyorlash xonalari va dars jarayonlari o'rganildi.
✅️O'rganishda Xalq deputatlari shahar Kengashi kotibiyat mudiri Sevar Qodirova boshchiligida deputatlar Zuhra Pulatova hamda Abdujabbor Djurayevlar ham ishtirok etdi.
🏀Sport zalida bolalarni sport bilan shug'ullanishi uchun barcha sharoitlar qilinganligi, yotoqxonalarning sanitar holati, kutubxonalari va oshxonalari deputatlar tomonidan birma bir o'rganildi.
🏢Binoning fasad qismi holati, isitish tizimi, o'quvchilarning davomati, darslarda ishtirok etishi nazorat qilinib, deputatlar tomonidan maktab ma'muriyati mas'ullariga tegishli taklif va tavsiyalar berildi.