Yig‘ilishda yoshlar ishlari tuman bo‘limining “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar bilan ishlash ya’ni yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal qilish va ularning iqtidorlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar bilan amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi. Muhokamalar davomida mavjud muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.
Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masala bo‘yicha tegishli komissiya xulosalari qabul qilinib, mas’ul tashkilotlarga aniq vazifalar va tavsiyalar berildi.