Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Тиббиёт муассасаси фаолияти билан яқиндан танишилди
янв.21
Котибият фаолияти ва унда яратилган шарт-шароитлар жойига чиққан ҳолда ўрганилди.
янв.21
Тадбиркорлар фаолияти жойига чиққан ҳолда атрофлича ўрганилди
янв.21
Серҳаракат маҳалла фуқаролар йиғинида маҳалла еттилиги фаолияти ўрганилди.
янв.21
Сессияси кун тартибига киритилган муҳим масала кўриб чиқилди!
янв.21
Маҳалла фуқаролар йиғинида фуқаролар қабули ташкил этилди
янв.21
2025 йил 14 январдаги КҚ-35-V-сонли қарори ижросини таъминлаш юзасидан жойларда дастурга киритилган обектларда ўрганиш ишлари амалга оширилди
янв.21
Зарбдор маҳалла фуқаролар йиғинида маҳалла еттилиги фаолияти ўрганилди.
янв.21
Тўрақўрғон туман тиббиёт бирлашмаси фаолияти атрофлича ўрганилди
янв.21
Ўрганиш ишлари давом этмоқда
Senat qarori asosida kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Ta’kidlandiki, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati saylov okrugidagi mahalladagi “Mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilgan ishlar holatini (shuningdek, 8 ta hamkorlik yo‘nalishlarini tanlov asosida) o‘rganadi.

O‘ziga biriktirilgan barcha mahallalarda “Mahalla yettiligi” tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordam va ajratiladigan subsidiyalarning manzilliligi va asosliligiga alohida e’tibor qaratadi.

Saylov okrugidagi mahalla fuqarolarining qabulini tashkil etadi. O‘rganish va aholi bilan muloqot natijalari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni va shakllantirilgan takliflarni umumlashtiradi hamda mahalliy Kengashi kotibiyatiga taqdim etadi.

 Doimiy koimissiyalar taqdim etilgan muammolarni tuman darajasidagi mutasaddi idora va tashkilotlar vakillari bilan birgalikda o‘rganib, bevosita joyiga chiqqan holda sayyor tarzda muhokama qiladi hamda hal etish choralarini ko‘radi.

O‘rganish natijalari bo‘yicha o‘z yechimini topmagan muammolarni Kengash sessiyasi muhokamasiga kiritadi.

 Xalq deputatlari tuman Kengashi:

“Mahalla yettiligi” faoliyatini o‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan sessiyani o‘tkazadi. Sessiyada:

- “Mahalla yettiligi” faoliyati va ular bilan hamkorlik samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilinadi;

- Mahalla uyushmasi tuman bo‘limi rahbarining Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi daromadlari va xarajatlari ijrosi to‘g‘risidagi hisoboti eshitiladi;

- MFY raislarining faoliyatiga baho beriladi, zaruratga ko‘ra, ularga nisbatan ishonchsizlik bildiriladi (ushbu norma “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgandan so‘ng);

- “Mahalla yettiligi” hamda deputatlar tomonidan aniqlangan, tuman (shahar) darajasida hal etilishi lozim bo‘lgan masalalar muhokama qilinadi hamda zarur choralar belgilanadi;

- viloyat darajasida hal etiladigan masalalar bo‘yicha yuqori turuvchi Kengashga takliflar kiritiladi.

Mazkur sessiyada ushbu hududdan saylangan senator va viloyat Kengashi deputatlari ishtirok etadi.

 Bildirilgan fikr mulohazalardan kelib chiqib, Senat qarori asosida galdagi vazifalar belgilab olindi. 

Slide 1 of 2