Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маҳаллада Президент Мурожаатномаси тарғиботи
янв.21
Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari raislari hamda hokimlar uchun o‘quv seminarlari davom etmoqda
янв.21
“Ўзбекистон – 2030”
янв.21
“Ўзбекистон – 2030” стратегиясининг янгиланаётган лойиҳаси жамоатчилик мухокамасида
янв.21
Маҳалла — ислоҳотлар марказида
янв.21
Маҳалла эҳтиёжлари — эътибор марказида
янв.21
Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashining oʻn oltinchi sessiyasi boʻldi.
янв.21
Namanganda Senatorlar va yoshlar uchrashuvi o'tkazildi
янв.21
“Ўзбекистон-2030” стратегияси доирасида мониторинг эшитуви ўтказилди
янв.20
NamMTI NEWS | Mehr-muruvvat va sahovat insonni ulugʻlaydi
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva 2025-yilning to‘rtinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

Olmazor tumanidagi "Yuqori Beshqo'rg'on" mahallasida xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva, kotibiyat mudiri Davronbek Raxmatullayev va MFY raislari, mahalla yettiligi bilan hamkorligida okrug deputati tomonidan saylovchilariga to'rtinchi chorak bo'yicha axborot berildi. Rais o'zining faoliyatining asosiy yo'nalishlari va amalga oshirilgan ishlar haqida so'zlab, saylovchilarga o'zaro aloqalarini mustahkamlash va kelgusidagi loyihalar haqida ma'lumot berdi.

Shuningdek, saylovchilar bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqotda bo'lishning ahamiyatini ta'kidladi va ularning fikr-mulohazalarini tinglashga tayyorligini bildirdi.

Axborot jarayonida xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining o‘tkazilgan sessiyalari hamda doimiy komissiyalar yig‘ilishlarida faol ishtirok etib, poytaxtni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish, qurilish sohasidagi muammolarni bartaraf etish hamda aholi manfaatlariga daxldor masalalar muhokamasida qatnashganini ta’kidladi. Shuningdek, qabul qilingan qarorlar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish ustuvor vazifalardan biri ekani qayd etildi.

Sh.Umarxodjayeva tomonidan saylovchilar bilan aloqalarni davom ettirish va yangi takliflar bilan tanishtirishni davom ettirishni rejalashtirilganligi ta'kidlandi.

Slide 1 of 7