Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маҳаллада Президент Мурожаатномаси тарғиботи
янв.21
Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari raislari hamda hokimlar uchun o‘quv seminarlari davom etmoqda
янв.21
“Ўзбекистон – 2030”
янв.21
“Ўзбекистон – 2030” стратегиясининг янгиланаётган лойиҳаси жамоатчилик мухокамасида
янв.21
Маҳалла — ислоҳотлар марказида
янв.21
Маҳалла эҳтиёжлари — эътибор марказида
янв.21
Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashining oʻn oltinchi sessiyasi boʻldi.
янв.21
Namanganda Senatorlar va yoshlar uchrashuvi o'tkazildi
янв.21
“Ўзбекистон-2030” стратегияси доирасида мониторинг эшитуви ўтказилди
янв.20
NamMTI NEWS | Mehr-muruvvat va sahovat insonni ulugʻlaydi
Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

🔹 Yig‘ilish kun tartibidagi asosiy masala — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi PF-5633-son Farmoni ijrosini ta’minlash doirasida hududdagi tashkilotlar rahbarlarining murojaatlar va aholi muammolari bilan ishlash holati yuzasidan 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risidagi axborot muhokama qilindi.

📊 Mazkur masala yuzasidan Ishtixon tumani Xalq qabulxonasi yetakchi mutaxassisi X. Xazratqulov tomonidan batafsil axborot taqdim etildi.

2025-yil yakunlariga ko‘ra:

  • Prezidentning Virtual va Xalq qabulxonalariga tumandan 5 316 ta murojaat kelib tushgan;
  • Shundan 3 577 tasi (67,3%) ijobiy hal etilgan, 1 472 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan;
  • Murojaatlar soni o‘tgan yilga nisbatan 23,7 foizga kamaygan.

➖ Murojaatlarning asosiy yo‘nalishlari:

  • Nafaqa, moddiy yordam va pensiya masalalari;
  • Ijro ishi, aliment va qarzdorlik;
  • Gaz va elektr ta’minoti, hisob-kitoblar;
  • Tibbiy xizmatlar, nogironlik, davolanish;
  • Uy-joy ta’minoti, ish bilan bandlik, ijtimoiy masalalar.

➖ 2025-yil davomida:

  • Tumanda 335 marotaba ommaviy sayyor qabullar tashkil etildi;
  • 905 nafar fuqaroning murojaati qabul qilinib, ularning yarmi ijobiy hal etildi;
  • Xalq qabulxonasi tomonidan monitoring, joyiga chiqib o‘rganish, tahlillar, seminarlar va tushuntirish ishlari tizimli ravishda amalga oshirildi.

📌 Yig‘ilishda:

  • Murojaatlar bilan ishlashda qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish,
  • Muddat buzilishlariga yo‘l qo‘ygan tashkilotlar faoliyatini tanqidiy baholash,
  • Murojaatlar soni yuqori bo‘lgan mahallalarda tizimli muammolarni aniqlash va bartaraf etish,
  • Mas’ul mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar belgilandi.

Yig‘ilish yakunida masala yuzasidan tegishli qaror loyihalarini ishlab chiqish va navbatdagi sessiyada muhokamaga kiritish bo‘yicha yo‘nalishlar belgilab olindi. 

Slide 1 of 5