Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маҳаллада Президент Мурожаатномаси тарғиботи
янв.21
Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari raislari hamda hokimlar uchun o‘quv seminarlari davom etmoqda
янв.21
“Ўзбекистон – 2030”
янв.21
“Ўзбекистон – 2030” стратегиясининг янгиланаётган лойиҳаси жамоатчилик мухокамасида
янв.21
Маҳалла — ислоҳотлар марказида
янв.21
Маҳалла эҳтиёжлари — эътибор марказида
янв.21
Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashining oʻn oltinchi sessiyasi boʻldi.
янв.21
Namanganda Senatorlar va yoshlar uchrashuvi o'tkazildi
янв.21
“Ўзбекистон-2030” стратегияси доирасида мониторинг эшитуви ўтказилди
янв.20
NamMTI NEWS | Mehr-muruvvat va sahovat insonni ulugʻlaydi
Deputat tomonidan ixtisoslashtirilgan ta`lim muassasasida yaratilgan sharoitlar o`rganildi

 Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati O.Xolmurodova Qo`shtepa mahalla fuqarolar yig`ini hududida joylashgan, Ijtimoiy himoya agentligiga qarashli davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan ixtisoslashtirilgan ta`lim muassasasiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida deputat muassasada bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o`quv-tarbiya jarayoni, moddiy-texnika ba`zasi hamda tarbiyalanuvchilarning yashash va ta`lim olish muhiti bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, muassasa rahbariyati va pedagog xodimlar bilan suhbatlashib, mavjud imkoniyatlar, shu bilan birga, hal etilishi lozim bo`lgan masalalar xususida fikr almashdi. O.Xolmurodova bolalarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash, ularning ta`lim-tarbiya olishi va sog`lom muhitda voyaga yetishi davlat siyosati
darajasidagi ustuvor vazifa ekanini ta`kidladi. Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar bilan ishlashda bunday ixtisoslashtirilgan ta`lim muassasalarining ahamiyati beqiyos ekanini qayd etdi.
Tashrif yakunida deputat bolajonlarga xomiylik asosida turli sovg`alar ulashib, ularning ko`nglini ko`tarishga, yuzida tabassum ulashishga harakat qildi. Bu kabi e`tibor va g`amxo`rlik bolalarda mehr-oqibat, ishonch va kelajakka bo`lgan umidni mustahkamlashi alohida ta`kidlandi. Mazkur tashrif ijtimoiy himoya tizimida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish, shuningdek, bolalar manfaatini ta`minlash yo`lidagi hamkorlikni yanada kuchaytirishga xizmat qildi.  

Slide 1 of 4