Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маҳаллада Президент Мурожаатномаси тарғиботи
янв.21
Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari raislari hamda hokimlar uchun o‘quv seminarlari davom etmoqda
янв.21
“Ўзбекистон – 2030”
янв.21
“Ўзбекистон – 2030” стратегиясининг янгиланаётган лойиҳаси жамоатчилик мухокамасида
янв.21
Маҳалла — ислоҳотлар марказида
янв.21
Маҳалла эҳтиёжлари — эътибор марказида
янв.21
Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashining oʻn oltinchi sessiyasi boʻldi.
янв.21
Namanganda Senatorlar va yoshlar uchrashuvi o'tkazildi
янв.21
“Ўзбекистон-2030” стратегияси доирасида мониторинг эшитуви ўтказилди
янв.20
NamMTI NEWS | Mehr-muruvvat va sahovat insonni ulugʻlaydi
Deputatlar va "Mahalla yettiligi" hamkorligi

Bugungi kunda deputatlarning mahalla yettiligi bilan hamkorlik qilishi joylardagi muammolarning o‘z yechimini topishiga xizmat qilmoqda. Shu maqsadda Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 15-Beshkappa saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna hamda Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 13-Istiqbol saylov okrugidan saylangan deputat Mahmudova Baxtinisa Zuxriddinovnalar tomonidan tumanimizdagi “Istiqbol” mahallasida mahalla yettiligi bilan uchrashuv tashkil etildi. Bu ushrashuvdan maqsad aholini qiynab kelayotgan muammolarni bevosita o‘rganish, taklif va tashabbuslarini eshitish hamda ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etishdir. Tadbir davomida mahalla yettiligi tomonidan o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha ichimlik suvi ta’minoti, elektr energiyasi, yo‘l infratuzilmasi, bandlik, tibbiy xizmat sifati va ijtimoiy himoya masalalari yuzasidan fikr va takliflar bildirildi. Deputatlar har bir masala yuzasidan tegishli izohlar berib, muammolarni hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borilishini ta’kidladi. Shuningdek, uchrashuv davomida amaldagi qonunlar, davlat dasturlari va aholi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ham atroflicha ma’lumot berildi. 

Slide 1 of 4