Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Халқ депутатлари Чортоқ тумани Кенгашининг ўн бешинчи сессияси бўлиб ўтди.
янв.21
“Qutlug‘tol” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi Kosonsoy tumanida amaliy tashrif
янв.21
Халқ депутатлари Наманган вилояти Кенгаши раиси ташаббуси билан семинар ташкил этилди
янв.21
Халқ депутатлари Наманган вилояти Кенгашининг ўн саккизинчи сессияси бўлиб ўтди
янв.21
Халқ депутатлари Наманган вилояти Кенгашининг доимий комиссияси йиғилиши бўлиб ўтди.
янв.21
Маҳаллада Президент Мурожаатномаси тарғиботи
янв.21
Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari raislari hamda hokimlar uchun o‘quv seminarlari davom etmoqda
янв.21
“Ўзбекистон – 2030”
янв.21
“Ўзбекистон – 2030” стратегиясининг янгиланаётган лойиҳаси жамоатчилик мухокамасида
Joriy yilning 10-dekabr kuni Xalq deputatlari Boʻstonliq tumani Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 10-dekabr kuni Xalq deputatlari Boʻstonliq tumani Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 

Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar koʻrib chiqildi:

➖Davlat soliq inspeksiyasi Bo‘stonliq tumani bo‘limida korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy omillarni oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida;

➖“O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan vazifalarga asosan tumanda investitsiyalarni o‘zlashtirish, eksport va mahalliy sanoat bo‘yicha belgilangan prognoz ko‘rsatgichlarini 2025-yil uchinchi chorak yakuni bilan bajarilishi to‘g‘risida;

➖Bo‘stonliq tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash bo‘yicha 2025-yil uchun yakuniy manzilli ro‘yxatni tasdiqlash to‘g‘risida;

➖Bo‘stonliq tumanida 2025-yilning uchinchi chorak yakuni bilan mahalliy hokimlik va davlat organlarining hududiy bo‘linmalari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holatlari to‘g‘risida;

➖Bo‘stonliq tumanida aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasi, shuningdek, hududlarda atrof-muhitning holati va boshqa masalalar to‘g‘risida. 

✅Sessiya yakunida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 14