35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Yo‘llar obodligi — aholi farovonligi mezoni
Ariq Usti mahallasida asfaltlash ishlari o‘rganildi

 Ariq Usti mahallasida asfaltlash ishlari o‘rganildi

✅ Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining 2026-yil 3-martdagi “Boysun tumanida 2026-yil davomida “Og‘ir tuman” dasturi doirasida amalga oshiriladigan loyihalar uchun zarur infratuzilmaviy shart-sharoitlar yaratish hamda tumandagi “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi” va “og‘ir” toifadagi mahallalarning ixtisoslashuvini chuqurlashtirishga qaratilgan manzilli dasturlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi VII-20-18-8-110-K/26-sonli qarori ijrosi doirasida joylarda amaliy ishlar olib borilmoqda.

✅ Mazkur qaror asosida kotibiyat xodimi Z.O‘zbekovaga biriktirilgan 3-Tog‘chi saylov okrugiga biriktirilgan Ariq Usti mahallasida olib borilayotgan asfaltlash ishlari Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri O.Murodov hamda kotibiyat xodimi tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

✅ O‘rganish davomida hududda amalga oshirilayotgan asfaltlash ishlarining borishi, belgilangan vazifalarning ijrosi hamda ishlarning sifatli bajarilishi holatiga e’tibor qaratildi. Shuningdek, mahalla infratuzilmasini yaxshilash, aholiga qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

✅ Joylarda amalga oshirilayotgan bunday bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari aholi uchun qulay sharoitlar yaratish, ichki yo‘llarning foydalanish sifatini yaxshilash hamda mahallalar infratuzilmasini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

✅ Xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan qarorlar ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni joylarda o‘rganish va nazorat qilish ishlari davom ettiriladi.

Slide 1 of 3