35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Yo‘llar obodligi — aholi farovonligi mezoni
🏥Aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sifati o‘rganildi
🏥Aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sifati o‘rganildi

📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov hamda tuman Tibbiyot birlashmasi mudiri J.Razzakov ishtirokida tuman tibbiyot muassasasida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

💉O‘rganish davomida aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlarning sifati, fuqarolarni qabul qilish va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish jarayonlari, bemorlarga tibbiy yordamning o‘z vaqtida va sifatli ko‘rsatilishi holatiga alohida e’tibor qaratildi.

🩺 Bemorlarga tavsiya etilayotgan davolash va profilaktika choralari, shifokor ko‘rsatmalarining bajarilishi, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligi hamda tibbiyot muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

💊O‘rganish jarayonida aholining tibbiy xizmatlardan foydalanishida qulaylik yaratish, xizmatlar sifatini yanada oshirish va mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

✅ Aholi salomatligini muhofaza qilish, sifatli va zamonaviy tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!
Slide 1 of 5