35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Yo‘llar obodligi — aholi farovonligi mezoni
Mustaqillik bayramiga munosib tuhfa — yangi bog‘cha foydalanishga topshirildi

 Yangi bog‘chaning ochilish marosimida xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi raisi S.Akbarov, mahalla faollari, ota-onalar, nuroniylar, tadbirkorlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Tadbirni ochib bergan Kengash raisi Sattarxo‘ja Akbarov yig‘ilganlarni yurtimiz mustaqilligining 35 yilligi hamda zamonaviy va shinam maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilishi bilan samimiy muborakbod etdi. 

Tadbir davomida bog‘chaning faoliyati, bolalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi. Zamonaviy ta’lim va tarbiya uchun zarur imkoniyatlarning yaratilgani, bolalarning mazmunli vaqt o‘tkazishi uchun qulay muhit shakllantirilgani alohida e’tirof etildi. Ta’kidlash joizki, “Intellekt Kids” xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotining ishga tushirilishi nafaqat Mustaqillik bayramiga munosib tuhfa, balki hududda maktabgacha ta’lim qamrovini
kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi uchun qulay sharoitlarni ta’minlash yo‘lidagi muhim qadamdir.
 

  👇Bizni kuzatishda davom eting👇 

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 3