35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Yo‘llar obodligi — aholi farovonligi mezoni
### Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilaning holati o‘rganildi

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilaning holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi kotibiyat mudiri Mahmud Ollaquliyevich Tangriber­ganov hamda 9-Sherobod saylov okrugidan saylangan deputat, kotibiyat bosh mutaxassisi Azizbek Qahramonovich Erkinov tomonidan Mehnatobod MFY raisi Komil Ro‘zimboyevich Qurbonov bilan hamkorlikda Ijtimoiy himoya yagona reyestrida bo‘lgan II guruh nogironi Madrahimov Oybek Jumyozovichning oilaviy va ijtimoiy holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida fuqaroning turmush sharoiti, ijtimoiy ehtiyojlari hamda mavjud muammolari atroflicha ko‘rib chiqildi. Aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, oilaga amaliy ko‘mak ko‘rsatish va ijtimoiy himoya choralarini kuchaytirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.

Mazkur o‘rganish deputatlik nazorati doirasida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning murojaat va muammolarini manzilli hal etish hamda fuqarolar manfaatlarini himoya qilishga qaratildi.