35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Yo‘llar obodligi — aholi farovonligi mezoni
YANGI O‘QUV YILI MUBORAK BO‘LSIN!

Hurmatli ustoz va murabbiylar, aziz o‘quvchilar, talabalar hamda ta’lim sohasi xodimlari!

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi nomidan barchangizni yangi 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishi bilan samimiy muborakbod etamiz!

Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar, ezgu niyatlar va katta marralar sari tashlangan muhim qadamdir. Ta’lim va ilm-fan taraqqiyoti mamlakatimiz kelajagi, jamiyatimiz farovonligi hamda yosh avlodning munosib kamol topishida beqiyos ahamiyat kasb etadi.

Aziz o‘quvchi va talabalar! Sizlarga yangi bilimlarni egallashda, izlanish va ijodiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Hurmatli ustoz va murabbiylar! Yosh avlodga sifatli ta’lim va munosib tarbiya berishdek sharafli faoliyatingizda sizlarga mustahkam sog‘lik, kuch-g‘ayrat va yuksak zafarlar tilaymiz.

Yangi o‘quv yili barcha ta’lim muassasalariga fayz-u baraka, yangi yutuq va muvaffaqiyatlar olib kelsin!

Yangi o‘quv yili muborak bo‘lsin!

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi