35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Yo‘llar obodligi — aholi farovonligi mezoni
ISHCHI YIG‘ILISH: MUHIM VAZIFALAR MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi kotibiyatida navbatdagi ishchi yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda kotibiyat faoliyatini samarali tashkil etish, deputatlik nazoratini kuchaytirish, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda ijro intizomini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, belgilangan vazifalarning ijrosi tahlil qilinib, deputatlar faoliyatini tashkiliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda topshiriqlar ijrosini doimiy nazoratga olish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda deputatlar faoliyatini tezkor, xolis va sifatli yoritish, amalga oshirilayotgan ishlarni keng jamoatchilikka yetkazish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, ijro intizomiga qat’iy rioya etish bo‘yicha aniq topshiriqlar belgilandi.

Slide 1 of 3