35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Yo‘llar obodligi — aholi farovonligi mezoni
BIRINCHI QO‘NG‘IROQ — EZGU NIYATLAR VA YANGI MARRALAR BOSHLANISHI!

#bilimlar_kuni #Uchtepa_deputatlari #tabrik #Birinchi_qongiroq #yangi_oquv_yili #Talim #238_maktab

BIRINCHI QO‘NG‘IROQ — EZGU NIYATLAR VA YANGI MARRALAR BOSHLANISHI!

📚 238-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yangi o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan “Birinchi qo‘ng‘iroq” bayram tadbiri ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tdi. Ushbu tantanali tadbirda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "20-Xirmontepa" okrugi deputati Malikova Saodat Tolipovna hamda mahalla faollari ishtirok etib, o‘quvchilar, ustozlar va ota-onalarni yangi o‘quv yili bilan samimiy muborakbod etdilar.

🎙 Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda ta’lim tizimini rivojlantirish, yosh avlod uchun munosib shart-sharoitlar yaratish, ularning bilim va iste’dodini qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan e’tibor haqida alohida ta’kidladilar.

📈 Shuningdek, yoshlarning sifatli ta’lim olishi, zamonaviy bilim va kasblarni egallashi, Vatanga sadoqatli va faol fuqarolar bo‘lib voyaga yetishi bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biri ekani qayd etildi.

🌟 Ayniqsa, maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘ygan jajji 1-sinf o‘quvchilari uchun “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi. Ularning beg‘ubor quvonchi va hayajoni bayramga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.

🎶 Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan kuy-qo‘shiq, she’r va badiiy chiqishlar namoyish etilib, bayramona muhit yanada ko‘tarildi.

📖 Har bir yangi o‘quv yili — yangi bilimlar, yangi orzular va yangi imkoniyatlar demakdir. Yangi o‘quv yili barcha o‘quvchilarimizga ulkan zafarlar, ustozlarimizga kuch-g‘ayrat va sharafli mehnatlarida muvaffaqiyat, ota-onalarga esa farzandlarining yutuqlaridan faxrlanish baxtini olib kelsin!

🔔 Birinchi qo‘ng‘iroq sadosi ezgu maqsadlar sari dadil qadamlarning boshlanishi bo‘lsin!

Slide 1 of 5