35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Yo‘llar obodligi — aholi farovonligi mezoni
🔰“BIRINCHI QO‘NG‘IROQ” — YANGI ORZULAR VA YANGI MARRALAR SARI

🔘Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik shodiyonasi hamda 2026–2027-o‘quv yilining ilk kuni munosabati bilan Jizzax shahridagi 30-sonli umumta’lim maktabida tantanali “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri yuqori ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
🔸Tadbirda Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati O.Bakirov ishtirok etib, yig‘ilganlar oldida so‘zga chiqdi. Deputat o‘z nutqida Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi bilan tadbir ishtirokchilarini samimiy muborakbod etib, istiqlolimizning xalqimiz hayotidagi beqiyos ahamiyati, yurtimizda ta’lim sohasiga qaratilayotgan yuksak e’tibor hamda yoshlarning puxta bilim va zamonaviy kasb-hunar egallashlari zarurligini ta’kidladi.
🔸Tadbir davomida Vatanga muhabbat, istiqlol qadri, tinchlik va osoyishtalikni ulug‘lovchi she’rlar, qo‘shiqlar hamda badiiy chiqishlar namoyish etildi.

Slide 1 of 4