35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Yo‘llar obodligi — aholi farovonligi mezoni
MUSTAQILLIK — BUNYODKORLIK VA YUKSALISH TIMSOLI
#mustaqillik_35

MUSTAQILLIK — BUNYODKORLIK VA YUKSALISH TIMSOLI

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi — yurtimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, obod mahallalar va farovon hayotimizning yorqin ifodasidir.

Ahillik saylov okrugida ham mustaqillik bergan imkoniyatlardan unumli foydalanib, fuqarolarimiz murojaatlari asosida qator ezgu ishlar amalga oshirildi. Ko‘chalar obodonlashtirildi, hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi turmush sharoitini yanada qulaylashtirish borasida amaliy ishlar olib borildi.

Eng muhimi, har bir amalga oshirilgan ish ortida inson manfaatlari, xalqimizning roziligi va farovon hayoti turibdi. Bugun Ahillik saylov okrugidagi o‘zgarishlarga nazar tashlar ekanmiz, istiqlol yillarida bosib o‘tilgan yo‘l va erishilgan natijalar bilan haqli ravishda faxrlanamiz.

Bu yutuqlar — xalq va davlat bir maqsad yo‘lida hamjihat bo‘lib harakat qilsa, qanday ulkan natijalarga erishish mumkinligining yaqqol namunasidir.

Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin! Yurtimiz tinch, xalqimiz hayoti farovon, kelajagimiz yanada obod bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashiga Ahillik saylov okrugidan saylangan deputat
Sh. Isamutdinov

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash