35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Yo‘llar obodligi — aholi farovonligi mezoni
Maktabdagi qurilish ishlari deputat nazoratida

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati N.Fatullayeva tomonidan 47-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida olib borilayotgan qurilish-montaj ishlarining borishi o‘rganildi.
📌O‘rganishlar davomida maktabda amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlash, ta’lim muassasasini yangi o‘quv yiliga har tomonlama tayyor holatga keltirish muhimligiga e’tibor qaratildi.
📌Ayni paytda maktabdagi qurilish ishlarining o‘z vaqtida va sifatli yakunlanishi o‘quvchilar uchun munosib ta’lim sharoitlarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, qurilish ishlarini jadallashtirish hamda maktabni yangi o‘quv yiliga tayyor holda topshirish masalasi deputatlik nazoratiga olindi.
📌Mazkur masala yuzasidan deputat N.Fatullayeva tomonidan Jondor tumani hokimi o‘rinbosari X.Bafoyev nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.
📌Deputatlik so‘rovida 47-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida olib borilayotgan qurilish-montaj ishlarini tezroq va sifatli yakunlash, shuningdek, ta’lim muassasasining yangi o‘quv yiliga to‘liq tayyorgarligini ta’minlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish so‘ralgan.
📌Ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratish, qurilish va ta’mirlash ishlarini sifatli tashkil etish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
📌Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputatlari tomonidan aholi, xususan, yosh avlod manfaatlariga daxldor masalalarni joyida o‘rganish va ularning ijobiy hal etilishiga ko‘maklashish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3