Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
Istirohat bog‘idagi qurilish va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Ashurov tomonidan tuman hokimi o‘rinbosari A.Rixsitillayev ishtirokida tuman markazida barpo etilayotgan “Bog‘i Eram” istirohat bog‘ining qurilish va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi.

🟢O‘rganish davomida obyektda amalga oshirilayotgan ishlar bilan bevosita tanishilib, hududda aholi va mehmonlar uchun zamonaviy, obod va qulay dam olish maskanini yaratish maqsadida bir qator ishlar olib borilayotgani qayd etildi. Xususan, bog‘ hududida favvora va amfiteatrni ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur obyektlarni ta’mirlash orqali bog‘ning arxitekturaviy ko‘rinishini yanada yaxshilash, aholi uchun madaniy tadbirlar va ommaviy dam olish uchun qulay sharoitlar yaratish ko‘zda tutilgan.

🟢Shuningdek, bog‘ hududida piyodalar yo‘laklariga bruschatkalar yotqizish ishlari olib borilmoqda. Yo‘laklarni sifatli va tekis barpo etish, piyodalarning erkin va xavfsiz harakatlanishi uchun qulay sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bog‘ning diqqatga sazovor maskanlaridan biri bo‘lgan “Shoirlar alleyasi”ni pardozlash va obodonlashtirish ishlari ham davom etmoqda. Ushbu hududni estetik jihatdan yanada ko‘rkamlashtirish, madaniy-ma’rifiy muhitni boyitish va tashrif buyuruvchilar uchun o‘ziga xos maskan yaratish maqsad qilingan.

🟢Bundan tashqari, bog‘ hududida ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilib, yashil maydonlarni kengaytirish, hududni obod va ko‘rkam ko‘rinishga keltirish choralari ko‘rilmoqda. Mavjud daraxt va o‘simliklarni asrab-avaylash, yangi yashil hududlarni tashkil etish hamda bog‘ning umumiy landshaft ko‘rinishini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

🟢Shuningdek, piyodalar yo‘laklarining sifatli bajarilishi, hududda suv to‘planib qolishining oldini olish, obodonlashtirish ishlarini yakuniga yetkazish, daraxt va ko‘chatlarni parvarishlash hamda aholi xavfsizligini ta’minlash masalalari yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3