35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Yo‘llar obodligi — aholi farovonligi mezoni
#bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash #Aholiga o‘zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati
#Deputatlik_faoliyati
#bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash
#Aholiga o‘zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati

Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi deputati A.Churataevna aholiga o‘zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati va bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o`rganish olib bordi.

O‘rganish davomida ushbu tibbiyot muassasasida aholiga yaratilgan sharoitlar, shifokorlar malakasi, navbatlar holati, bepul beriladigan dori-darmonlar va ularning saqlanish sharoitlari o‘rganildi.

Shuningdek deputat tashabbusi bilan Nurafshon shahridagi Navro‘z, To‘ytepa, Muqimiy mahallalarida istiqomat qiluvchi aholi uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
🔴Tibbiy ko‘rik davomida umumiy amaliyot shifokori, jarroh, oftalmolog, nevropatolog, ginekolog, urolog, otorinolaringolog va pediatr kabi tor soha mutaxassislari tomonidan fuqarolar salomatligi ko‘rikdan o‘tkazildi. Shuningdek, laborator va instrumental tekshiruvlar, elektrokardiografiya (EKG) hamda ultratovush tekshiruvi (UTT) xizmatlari ham yo‘lga qo‘yilib, aholiga sifatli va kompleks tibbiy xizmat ko‘rsatildi.

❗️Tibbiy ko‘rik yakunlariga ko‘ra, jami 113 nafar fuqaro dispanser nazoratiga olindi. Shundan 91 nafari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularning salomatlik holati bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi hamda zarur hollarda davolanish va qo‘shimcha tekshiruvlarga yo‘naltirildi.

Nurafshon shahri Kengashi axborot xizmati.
Slide 1 of 10