35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Yo‘llar obodligi — aholi farovonligi mezoni
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🟢 SHEROBOD TUMANI TIBBIYOT BIRLASHMASIDA O‘RGANISH O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi huzuridagi Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi a’zolari tomonidan tuman Tibbiyot birlashmasida o‘rganish olib borildi.
O‘rganishda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi, Kengash huzuridagi Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi raisi Tursunov Otabek Tojiyevich, Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati Kravchenya Gennadiy Nikolayevich, huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari hamda tegishli mas’ullar ishtirok etdi.
🔎 KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA QONUNIYLIK
O‘rganish davomida tibbiyot tizimida korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, qonuniylik va shaffoflikni ta’minlash, mavjud mablag‘ va resurslardan samarali foydalanish, shuningdek, fuqarolarga tibbiy xizmat ko‘rsatishda qonuniylik talablariga rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari bilan hamkorlikda korrupsiyaga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan omillarni barvaqt aniqlash va ularning oldini olish, nazoratni kuchaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
🏥 TIBBIYOT BIRLASHMASIDAGI ISHLAR
O‘rganish davomida tibbiyot birlashmasida amalga oshirilayotgan ishlar, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish holati hamda istiqboldagi rejalar ko‘rib chiqildi.
Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Muhammadiev Xurshid Hakimovich tomonidan muassasada amalga oshirilayotgan ishlar, yaratilgan shart-sharoitlar va kelgusidagi rejalar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
📌 Mazkur o‘rganish Kengash huzuridagi Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasining o‘z vakolatlari doirasida hududdagi tashkilotlarda qonuniylik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaviy xavflarning oldini olish hamda mavjud holatni joyiga chiqqan holda o‘rganish borasidagi amaliy faoliyatining bir ko‘rinishidir.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 6