35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Yo‘llar obodligi — aholi farovonligi mezoni
#24ta tavsiya #jamoatchilik nazorati

Olmaliq shahridagi "Oydin" dehqon bozorida navbatdagi deputatlik nazorati tadbiri oʻtkazildi.
Oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, aholiga sifatli va arzon mahsulotlarni yetkazib berish hamda narxlarning sun'iy oshib ketishining oldini olish — xalq vakillarining doimiy diqqat-markazida.

Tadbirkorlik faoliyati va aholi ehtiyojlarini yaqindan oʻrganish maqsadida oʻtkazilgan ushbu nazorat tadbirida Xalq deputatlari shahar Kengashi kotibiyat mudiri Sevar Qodirova ishtirok etdi.

🛒Aholi ehtiyoji uchun eng zarur boʻlgan asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, narx-navosi hamda omborlardagi zaxirasi atroflicha koʻzdan kechirildi.
🍗Sotuvchilar bilan bevosita muloqot oʻtkazilib, mahsulotlarning sanitariya-gigiyena talablariga mosligi, sifat darajasi va narxlarning barqarorligi tahlil qilindi.
🧅Poliz, meva-cheva va sabzavot mahsulotlarining yangiligi hamda zaxirasi ham e'tibordan chetda qolmadi.
Unda unutmaylik: Rastalarning toʻkin-sochinligi, mahsulotlar moʻlligi va eng muhimi — narxlarning fuqarolarimiz hamyoniga mosligi aynan mana shunday izchil jamoatchilik va deputatlik nazoratining amaliy natijasidir!
Olmaliqliklar roʻzgʻori farovon, dasturxonlarimiz hamisha toʻkin boʻlishi uchun nazorat va amaliy ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 4