35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Yo‘llar obodligi — aholi farovonligi mezoni
24-BAND IJROSI:99-sonli maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi Sessiya oldidan hududlarda o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishi, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosining ta’minlanishi, bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlarining 2 yillik tahlili hamda ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi masalalari yuzasidan hududlarda o‘rganishlar olib borilmoqda.

Mazkur yo‘nalishlar doirasida Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati N.Allayorova tomonidan Ilm MFYdagi 99-sonli umumta’lim maktabining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida maktabning yangi o‘quv yilini munosib kutib olishga tayyorgarligi, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasi hamda mavjud kamchiliklarga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, ijtimoiy soha obyektining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ham ko‘zdan kechirildi.

📌 O‘rganish natijalari umumlashtirilib, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli choralar ko‘rish va ularning ijrosini deputatlik nazorati asosida kuzatib borish belgilandi.

Slide 1 of 5