35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Yo‘llar obodligi — aholi farovonligi mezoni
9-son oilaviy poliklinikada pulli tibbiy xizmatlar tartibi muhokama qilindi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi ishchi guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-noyabrdagi 718-son qarori bilan tasdiqlangan *“O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot muassasalarida pulli xizmat ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom”*ning tumandagi ijrosi o‘rganilmoqda.
O‘rganish doirasida 9-son oilaviy poliklinika bosh vrachi bilan mazkur qaror talablari ijrosi yuzasidan suhbat o‘tkazildi.
Suhbat davomida poliklinikada pulli tibbiy xizmatlarni tashkil etish tartibi, xizmat turlari va tariflari, aholiga xizmatlar hamda ularning narxlari haqida ochiq ma’lumot berilishi, to‘lovlarni belgilangan tartibda qabul qilish va tushumlarni hisobga olish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, bemorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, pulli va bepul tibbiy xizmatlarni aniq farqlash, shaffoflikni ta’minlash hamda korrupsiyaviy xavflarning oldini olishga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 8