35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Yo‘llar obodligi — aholi farovonligi mezoni
“Deputat daftari”ga fuqarolar murojaatlari qayd etildi

2026-yil 11-avgust kuni Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati S. Nurmamatova tomonidan “Deputat daftari”ga Qozoq Nayman mahallasining Shohimardon ko‘chasida aholidan kelib tushgan murojaatlar qayd etildi.

🔹 Kadastr masalasi bo‘yicha murojaat
Shohimardon ko‘chasi fuqarolaridan biri tomonidan kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish masalasida murojaat qilindi. Murojaat yuzasidan mavjud kadastr hujjatlaridagi kamchiliklar o‘rganilib, fuqaroga kadastr ishlari bo‘yicha zarur tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, fuqaro xatlov hujjatlarini rasmiylashtirish masalasida ham murojaat qilgan.

O‘rganish davomida xatlov ishlari amalga oshirilgani, biroq hududning shahar hududiga o‘tkazilganligi bilan bog‘liq tegishli buyruq mavjud emasligi masalasiga aniqlik kiritish zarurligi qayd etildi.

🔹 Chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish masalasi
Shuningdek, Shohimardon ko‘chasi aholisi tomonidan maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish yuzasidan murojaat kelib tushdi.

Mazkur masalalar yuzasidan deputat so'rovi yuborish rejalashtirildi.  

Slide 1 of 1