35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Yo‘llar obodligi — aholi farovonligi mezoni
KREATIV PARK — BIZNES BOSHLASH UCHUN YANGI IMKONIYAT!

📍 Taxiatosh tumanidagi “Kreativ Park” — o‘z biznesini boshlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun yangi imkoniyatlar maydoniga aylanmoqda.

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich “Ekspert guruhi” va “Yoshlar maslahat guruhi” a’zolari bilan birgalikda park hududidagi investitsiya loyihalari va yaratilayotgan imkoniyatlarni o‘rgandi.

💼 Bu yerda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagidagilar uchun:
🔹 savdo shoxobchalari;
🔹 xizmat ko‘rsatish obyektlari;
🔹 umumiy ovqatlanish maskanlari;
🔹 boshqa turdagi tadbirkorlik faoliyati uchun yer maydonlari ajratilmoqda.

🏪 Eng muhimi, biznes boshlash istagidagi fuqarolarga yengil konstruksiyadan tayyorlangan savdo shoxobchalarini tashkil etish uchun imkoniyatlar yaratilmoqda.

💡 Ya’ni katta bino qurishni kutib o‘tirmasdan, o‘z g‘oyangizni amaliyotga tatbiq etish, savdo yoki xizmat ko‘rsatish faoliyatini boshlash uchun “Kreativ Park” yangi maydon bo‘lishi mumkin.

👨‍💼 Savdo qilmoqchimisiz? Xizmat ko‘rsatish sohasida ishlamoqchimisiz? Umumiy ovqatlanish yo‘nalishida biznes boshlashni rejalashtiryapsizmi?

📌 “Kreativ Park” — biznes g‘oyangizni amalga oshirish uchun yangi imkoniyat!
🌱 Yangi tadbirkor — yangi ish o‘rni.
📈 Yangi biznes — hudud iqtisodiyotiga yangi hissa.

Kreativ fikr. Amaliy imkoniyat. Yangi biznes.

Slide 1 of 4