35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Yo‘llar obodligi — aholi farovonligi mezoni
Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan navbatdagi sessiyaga  kiritilgan masalani joyiga chiqib o‘rganish hamda deputatlik nazorati doirasida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi tuman bo‘limi tashkilotida bo‘lib, tashkilot faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

O‘rganishlar jarayonida deputatlar tumanimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, bu boradagi qonunchilik to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Shuningdek, Sanepidqo‘m yuqumli kasalliklar tarqalishining haqiqiy xavfi yuzaga kelganda mulkchilik shaklidan qat’i nazar obyektlarda tekshiruvlar o‘tkazishi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlari buzilishi holatlari aniqlanganda litsenziyalar va ruxsat beruvchi hujjatlarni to‘xtatib turish, tugatish va bekor qilish masalasini hal etish uchun tegishli organlar va tashkilotlarga taqdimnomalar yuborish yuzasidan suhbatlar o‘tkazildi.

Bo‘lib o‘tgan tadbirda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Jamoliddin Kuchkarov ham ishtirok etdi.

Slide 1 of 5