35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Yo‘llar obodligi — aholi farovonligi mezoni
Deputatlik nazorati doirasida korxonadagi mehnat va ekologik sharoitlar o‘rganildi

 Korxonadagi ishchi-xodimlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari, mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishi, sanitariya-gigiyena holati hamda xodimlar uchun yaratilgan ijtimoiy sharoitlar o‘rganildi. 

Shuningdek korxonada ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, chiqindilarni boshqarish va hududning ekologik holatini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ham atroflicha fikr almashildi. Mavjud holat tahlil qilinib, ayrim yo‘nalishlarda ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar berildi. 

Mazkur o‘rganishda xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi kotibiyati mudiri Laziz Turanov hamda EKO partiyasi Uchko‘prik tuman
Kengashi raisi Abdulg‘ofur Axmadjonov ishtirok etdi.
 

Deputatlik nazorati tadbirlari hududlarda qonun hujjatlari ijrosi, fuqarolar manfaatlarini ta’minlash hamda ekologik barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda. 

  Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 3