35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Yo‘llar obodligi — aholi farovonligi mezoni
DEPUTAT FAOLIYATI: HAR BIR MUROJAAT “DEPUTAT DAFTARI”DA NAZORATGA OLINADI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Xidiyatullina Rima Rashitovna tomonidan saylov okrugida fuqarolar bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazilib, aholini qiynayotgan masalalar tizimli ravishda o‘rganib borilmoqda.

Deputat faoliyatida har bir murojaat, har bir ko‘tarilgan muammo, amalga oshirilayotgan har bir harakat va ijro jarayoni “Deputat daftari”ga belgilangan tartibda kiritilib, doimiy nazorat ostida yuritiladi.

Jumladan, fuqarolar tomonidan maktabgacha ta’lim tizimiga oid ko‘tarilgan murojaatlar ham “Deputat daftari”ga qayd etilib, ular asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 244-son qarori bilan tasdiqlangan “Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti” ijrosi yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.

Mazkur murojaat bo‘yicha tegishli tashkilot tomonidan rasmiy javob taqdim etildi hamda masala yuzasidan amaliy choralar ko‘rilayotgani ma’lum qilindi.

“Deputat daftari” orqali yuritilayotgan bunday tizimli ishlar fuqarolar murojaatlarining o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi, ijro holatining nazorat qilinishi va muammolarni amaliy hal etishga xizmat qilmoqda.

Deputat tomonidan “Deputat daftari”ga kiritilgan barcha murojaatlar va ular bo‘yicha amalga oshirilayotgan ijro ishlari deputatlik nazorati tartibida izchil kuzatib boriladi.

Slide 1 of 3