35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Yo‘llar obodligi — aholi farovonligi mezoni
#_biriktirilgan_tashkilot #_deputat_faoliyati Biriktirilgan tashkilotda deputat nazorati
#_biriktirilgan_tashkilot
#_deputat_faoliyati
Biriktirilgan tashkilotda deputat nazorati


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining “19-Olmazor” saylov okrugidan saylangan deputati S.Qurbonov tomonidan Fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish tuman markazida deputatlik nazorati doirasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida Fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish tuman markazi rahbari A.Axmedov bilan muloqot o‘tkazilib, markaz tomonidan amalga oshirilgan ishlar, fermer xo‘jaliklariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar hamda kelgusida rejalashtirilgan vazifalar xususida ma’lumotlar olindi.
Shuningdek, fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobini yuritish va hisobotlarni shakllantirishda uchrayotgan muammolar, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda ish samaradorligini yanada oshirish masalalari muhokama qilindi.
Deputat S.Qurbonov o‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, buxgalteriya hisobi va hisobotlarini belgilangan tartibda yuritish, fermer xo‘jaliklariga amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflarini bildirdi.
Deputatlik nazorati doirasida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash, fermer xo‘jaliklariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash va ular faoliyatida buxgalteriya hisobini to‘g‘ri yuritishga ko‘maklashish masalalari doimiy e’tiborda bo‘lishi ta’kidlandi
Slide 1 of 1