35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Yo‘llar obodligi — aholi farovonligi mezoni
#_kunlik_ish_reja_ijrosi #_deputat_faoliyati #_kotibiyat_xodimi_faoliyati #_24_ta_tavsiyalar_ijrosi Sessiya oldidan masalalar va fuqarolar murojaatlari — deputat e’tiborida
#_kunlik_ish_reja_ijrosi
#_deputat_faoliyati
#_kotibiyat_xodimi_faoliyati
#_24_ta_tavsiyalar_ijrosi

Sessiya oldidan masalalar va fuqarolar murojaatlari — deputat e’tiborida


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashiga 19-«Olmazor» saylov okrugidan saylangan deputat S.Qurbonov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Xamdamova tomonidan «Niholzor» mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masalalar yuzasidan mahalladagi ijtimoiy xizmatlar holati, aholi, xususan, xotin-qizlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish, ularni kasb-hunarga o‘qitish, zamonaviy kasblarga yo‘naltirish hamda bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Muloqot davomida mahalla faollari va fuqarolarning fikr-mulohazalari, taklif va tavsiyalari tinglanib, aholini qiynayotgan mavjud muammolarga yechim topish yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar deputat tomonidan batafsil eshitilib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.
O‘rganish yakunida sessiya kun tartibidagi masalalarni muhokama qilishda hudud aholisining taklif va mulohazalarini inobatga olish, ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, xotin-qizlarni kasbga o‘qitish va ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan ishlarni tizimli ravishda davom ettirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.
Deputatlik nazorati va aholi bilan ochiq muloqotlarning bunday shakli hududdagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, ularni hal etishga mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda fuqarolar manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Slide 1 of 2