35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Yo‘llar obodligi — aholi farovonligi mezoni
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🏫 Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi

📌 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi sessiyasi kun tartibidagi masala doirasida tumandagi umumta’lim maktablarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
🔎 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 4-«Uchyo‘g‘och-Qarabo‘g‘» saylov okrugi deputati Xashimova Karomat Paqirovna tomonidan tumandagi 35 ta umumta’lim maktabining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
📚 O‘rganish davomida ta’lim muassasalarining yangi o‘quv yilini munosib boshlashga tayyorgarligi, mavjud sharoitlar hamda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan masalalar ko‘rib chiqildi.
👤 O‘rganish jarayonida 35-sonli umumta’lim maktabi direktori X. Borotov ishtirok etib, maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati yuzasidan ma’lumot berdi.
🎯 Maqsad — ta’lim muassasalarida o‘quvchilar uchun munosib sharoit yaratish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni o‘z vaqtida bartaraf etish choralarini belgilash.
📍 Deputatlik o‘rganishlari doirasida hududlardagi dolzarb masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rganish va aniqlangan muammolar yechimi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish ishlari davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 4