35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Yo‘llar obodligi — aholi farovonligi mezoni
🏗BO‘ZSUV BO‘YIDA ZAMONAVIY SAYILGOH

Yunusobod tumanida aholi uchun qulay va shinam dam olish maskanlarini ko‘paytirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Yunusobod tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Abrorxo‘ja Saidaliyev tumanning drayver loyihasi bo'lgan «Minor», «Matonat» va «Qashg‘ar» mahallalari hududidan o‘tuvchi Bo‘zsuv kanali bo‘yida tashkil etilayotgan yangi sayilgohdagi bunyodkorlik jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Sayilgoh infratuzilmasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
🔅Piyodalar va velosiped yo‘laklari;
🔅Zamonaviy ko‘cha yoritish tizimlari hamda o‘rindiqlar;
🔅Hududga ko‘rk bag‘ishlovchi landshaft dizayni va ko‘kalamzorlashtirish ishlari;
🔅Samarali sug‘orish tarmoqlari va lotoklar tizimi.

✅O‘rganish davomida tuman hokimi loyihani sifatli va muddatida yakunlash, shuningdek, sayilgohda aholining xavfsiz dam olishi uchun barcha sharoitlarni yaratish yuzasidan mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga aniq topshiriqlar berdi.

Slide 1 of 3