35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Yo‘llar obodligi — aholi farovonligi mezoni
TADBIRKORLIK OBYEKTLARI FAOLIYATI O‘RGANILDI

TADBIRKORLIK OBYEKTLARI FAOLIYATI O‘RGANILDI

✅ 16-«Do‘stlik» saylov okrugidagi «Matonat» mahallasida faoliyati to‘xtab qolgan tadbirkorlik obyektlarining bugungi holati o‘rganildi.
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyat mudiri Jo‘rabek Hafizov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Diyorbek Toyirov tomonidan mahalla raisi bilan birgalikda o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎 O‘rganish davomida tadbirkorlik obyektlari faoliyatining to‘xtab qolish sabablari, mavjud muammolar hamda ularni qayta ishga tushirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

✅ Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini tiklash, mavjud obyektlardan samarali foydalanish, yangi ish o‘rinlari yaratish va mahallada iqtisodiy faollikni oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.

⚖️ O‘rganish O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 2-maydagi O‘RQ–328-son «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunida belgilangan tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va uning erkinligini ta’minlash prinsiplari asosida olib borildi.

📝 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammolarni bartaraf etish hamda faoliyati to‘xtagan tadbirkorlik obyektlarini qayta ishga tushirish yuzasidan tegishli takliflar bildirildi.

Slide 1 of 3