35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Yo‘llar obodligi — aholi farovonligi mezoni
Shifobuloq mahallasidagi 20-sonli maktabda qurilish ishlari o‘rganildi

🇺🇿🇺🇿🇺🇿Shifobuloq mahallasidagi 20-sonli maktabda qurilish ishlari o‘rganildi

#Ish_reja_ijrosi

🚨Shifobuloq mahallasida joylashgan 20-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Open Budget” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan qo‘shimcha bino qurilishi jarayoni xalq deputatlari tuman Kengashi raisi va kotibiyat mudiri tomonidan ko‘zdan kechirildi.

🚨O‘rganish davomida maktab hududida olib borilayotgan qurilish-montaj ishlarining amaldagi holati, ishlarning belgilangan loyiha va talablar asosida tashkil etilgani, qurilish materiallaridan foydalanish hamda ishlarning sifatli bajarilishiga alohida e’tibor qaratildi.

🚨Mazkur loyiha mahalladagi o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay ta’lim sharoitlarini yaratish, maktabning mavjud quvvatini kengaytirish hamda o‘quv jarayonini yanada samarali tashkil etishda muhim ahamiyatga ega.

🚨Shuningdek, qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlash, obyektning sifatli topshirilishini ta’minlash, xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilish hamda ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.

🚨O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, qurilish jarayonining keyingi bosqichlari ham nazorat qilib borilishi belgilandi. Mazkur ishlarning to‘liq yakunlanishi natijasida 20-sonli maktab o‘quvchilari uchun yanada qulay va zamonaviy ta’lim muhiti yaratilishi kutilmoqda.

Slide 1 of 4