35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Yo‘llar obodligi — aholi farovonligi mezoni
#transport #murojaat ijrosi

Aholi farovonligi va ularning kunlik turmush tarzida uchrayotgan muammolarni hal etish – deputatlik faoliyatining ustuvor yo'nalishlaridan biridir.
"Hilol" mahallasi fuqarolaridan jamoat transporti (avtobuslar) va bekatlar joylashuvi bo'yicha kelib tushgan murojaat hudud  deputati Muhiddin Abdullayev tomonidan joyiga chiqqan holda atroflicha o'rganildi.

Mahalla fuqarolari, mahalla raisi va faollari bilan birgalikda hududdagi avtobus yo'nalishlari va ularning to'xtash joylari ko'zdan kechirildi.
Asosiy muammo: Mavjud bekatlar orasidagi masofa uzoqligi aholiga, ayniqsa nuroniylar va maktab o'quvchilariga muayyan noqulayliklar tug'dirmoqda.
Taklif: Hududda bekatlar sonini ko'paytirish va ularni fuqarolar uchun qulayroq nuqtalarga joylashtirish zarurligi ilgari surildi.

Aholi taklif va tavsiyalari umumlashtirilib, shahar hokimi o'rinbosari bilan atroflicha muhokama qilinishihamda bekatlar sonini oshirish va masalani qisqa fursatda ijobiy hal etish bo'yicha tegishli choralar ko'rilishiga kelishib olindi.

Ushbu jarayonda Kotibiyat mudiri Sevar Qodirova ham ishtirok etib, murojaat yuzasidan o'z takliflarini bildirdi.
Fuqarolarga qulay, xavfsiz va zamonaviy jamoat transporti infratuzilmasini yaratish borasidagi amaliy ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 4