35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Chegarachi” mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazoratida
янв.21
Tuman hokimi deputatlik faoliyati: Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganilib, muammolar yechimiga qaratilgan aniq choralar belgilandi
янв.21
Deputatlar tomonidan qonun ijrosi o‘rganilib, huquqiy targ‘ibot ishlari olib borildi
янв.21
Tumanda “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” tadbirlari davom etmoqda
янв.21
Deputat faoliyati: mahallada ko‘chama-ko‘cha yurilib, aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
“Obod turmush” mahallasida “ hokim yordamchisi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tuman hokimi deputatlik faoliyati davomida "Guliston" mahallasidagi yana bir savdo do'koni faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Tuman hokimining deputatlik faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 24-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tuman Kengashi raisi saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
🌿 Hududdagi ekologik va obodonlashtirish holati o‘rganildi

❗️Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Х. Po‘latov hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Yashnobod tuman partiya tashkiloti raisi D. Mavlyanova tomonidan Beshbola mahallasi hududida nazorat-o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.

📌O‘rganish davomida yo‘l bo‘ylari va ichki ko‘chalarning sanitariya-ekologik holati ko‘zdan kechirildi. Jarayonda ayrim hududlarda qurilish va maishiy chiqindilarning tartibsiz to‘plangani, obodonlashtirish talablariga to‘liq rioya etilmayotgani hamda ayrim joylarda piyodalar harakati uchun noqulaylik tug‘dirayotgan holatlar aniqlandi.

🔰Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, hududning ekologik holatini yaxshilash, sanitariya tozaligini ta’minlash hamda aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish maqsadida mas’ul tashkilotlarga tegishli taklif va tavsiyalar berildi. Ekologik barqarorlikni ta’minlash va mahallalarda obodonlashtirish ishlarini kuchaytirish yuzasidan nazorat tadbirlari izchil davom etmoqda.

Slide 1 of 1