35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Obod turmush” mahallasida “ hokim yordamchisi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tuman hokimi deputatlik faoliyati davomida "Guliston" mahallasidagi yana bir savdo do'koni faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Tuman hokimining deputatlik faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 24-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tuman Kengashi raisi saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Deputatlar tomonidan qonun ijrosi va huquqiy targ‘ibot yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Tuman Kengashi huzuridagi ekspert guruhi tomonidan qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Tuman hokimining deputatlik faoliyati
янв.21
“Madaniyat” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Davlat dasturlari ijrosi deputatlik nazoratida
Tuman hokimi deputatlik faoliyati davomida "Guliston" mahallasidagi yana bir savdo do'koni faoliyatini o‘rgandi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 21-«Guliston» saylov okrugidan saylangan deputat, tuman hokimi Abdulla Mamatqulov "Guliston" mahallasida YTT Xudoyqulova Dilorom tomonidan tashkil etilgan ko‘chma savdo do‘koni faoliyati bilan tanishdi.

Mazkur savdo shoxobchasi 49-son umumta’lim maktabi oldida tashkil etilgan bo‘lib, mahalla aholisi hamda o‘quvchilarga qulay xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

O‘rganish davomida tadbirkor bilan suhbat o‘tkazilib, faoliyatni yanada kengaytirish istiqbollari hamda mavjud muammolar muhokama qilindi.

Suhbat davomida tadbirkor tomonidan yer masalasi bo'yicha murojaat bildirildi. Tuman hokimi, tuman Kengashi deputati murojaatni joyida ko‘rib chiqib, uni ijobiy hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.

Ta’kidlanganidek, tadbirkorlik subyektlarining qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning faoliyatini kengaytirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish va mavjud muammolarni tezkor hal etish tuman hokimligining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.

Slide 1 of 3