35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Chegarachi” mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazoratida
янв.21
Tuman hokimi deputatlik faoliyati: Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganilib, muammolar yechimiga qaratilgan aniq choralar belgilandi
янв.21
Deputatlar tomonidan qonun ijrosi o‘rganilib, huquqiy targ‘ibot ishlari olib borildi
янв.21
Tumanda “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” tadbirlari davom etmoqda
янв.21
Deputat faoliyati: mahallada ko‘chama-ko‘cha yurilib, aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
“Obod turmush” mahallasida “ hokim yordamchisi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tuman hokimi deputatlik faoliyati davomida "Guliston" mahallasidagi yana bir savdo do'koni faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Tuman hokimining deputatlik faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 24-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tuman Kengashi raisi saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
Jo‘rabek mahallasida kanalizatsiya tizimi bilan bog‘liq muammo deputatlik nazoratiga olindi

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Mirzag‘olib Tillyashayxov Yashnobod tumanidagi "Jo‘rabek" mahallasida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan kanalizatsiya tizimi bilan bog‘liq muammoni joyiga chiqib o‘rgandi hamda aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

🤝 O‘rganish ishlarini samarali tashkil etish va deputatlik faoliyatini hududlarda tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Muzaffar Yusubov tashkiliy hamda amaliy ko‘mak ko‘rsatdi. Tadbirda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar partiya tashkiloti raisi Sevara Fayziyeva, Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri Alisher Kerimov, tuman Kengashi deputati Tuxfaxon Axmedova, mahalla yettiligi, mahalla faollari, nuroniylar hamda fuqarolar ishtirok etdi.

📝 Muloqot davomida mahalla yettiligi faoliyati, hududdagi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi, kommunal xizmatlar sifati hamda fuqarolarni uzoq yillardan buyon qiynab kelayotgan dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi. Xususan, Muxtor Ashrafiy 1-tor ko‘chasi bo‘ylab joylashgan xonadonlarda markazlashgan kanalizatsiya tarmog‘ining mavjud emasligi sababli yuzaga kelayotgan sanitariya-gigiyena muammolari joyida o‘rganildi.

💡 Fuqarolar ta’kidlashicha, hududda kanalizatsiya tarmog‘ini qurish bo‘yicha avval ham bir necha bor rejalar ishlab chiqilgan bo‘lsa-da, amaliy ishlar bugungi kunga qadar boshlanmagan. Natijada aholi oqova suvlarni septik chuqurlarga yig‘ishga majbur bo‘lib, bu esa ekologik holatning yomonlashuvi, noxush hidlarning tarqalishi va yer osti suvlari ifloslanishi xavfini yuzaga keltirmoqda.

🔺 Deputat Mirzag‘olib Tillyashayxov mavjud vaziyat bilan bevosita tanishib, fuqarolar murojaatlarini tingladi hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda mazkur hududda markazlashgan kanalizatsiya tizimini barpo etish bo‘yicha amaliy choralarni ko‘rish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, mazkur masala yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborish, loyiha hujjatlarini shakllantirish va muammoning yechimini jadallashtirish bo‘yicha tashabbuslar ilgari surilishi qayd etildi.

✅ Yakunda fuqarolarning yashash sharoitlarini yaxshilash, ekologik va sanitariya xavfsizligini ta’minlash, kommunal infratuzilmani rivojlantirish hamda aholi murojaatlariga o‘z vaqtida amaliy yechim topish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani ta’kidlanib, ushbu masala deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 1