35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Yo‘llar obodligi — aholi farovonligi mezoni
Xalq deputatlari Bektemir tumani Kengashi deputati K.Ahqulov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Kariev ishtirokida "Chashma" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida aholini qiynab kelayotgan dolzarb muammolar va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Bektemir tumani Kengashi deputati K.Ahqulov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Kariev ishtirokida "Chashma" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida aholini qiynab kelayotgan dolzarb muammolar va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.

Muloqot va o‘rganishlar davomida mahalla aholisi va faollari tomonidan bildirilgan murojaatlar eshitilib, hududdagi kommunal infratuzilma, yo‘l-transport hamda ijtimoiy sohaga oid quyidagi asosiy muammolar aniqlandi:

1.  Muhandislik-kommunal tarmoqlar: Ichki ichimlik suvi va elektr ta’minoti tarmoqlarini yaxshilash yuzasidan tushgan murojaatlar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga so‘rovnoma yuborish belgilandi.

2. Yo‘l va infratuzilma: Mahalla ichki yo‘llarini ta’mirlash va tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish masalalari ko‘rib chiqildi.

3.  Ijtimoiy masalalar: Fuqarolar tomonidan bildirilgan boshqa shaxsiy va maishiy murojaatlar tegishli mas’ullar ishtirokida tahlil qilindi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan barcha muammoli masalalarni bosqichma-bosqich hal etish va tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovnomalari yuborish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi. Barcha masalalar deputat K.Ahqulov tomonidan shaxsiy nazoratga olindi.