35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Yo‘llar obodligi — aholi farovonligi mezoni
DEPUTAT - SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI

Axborot davomida Muhtaram Prezidentimizning 2025-yil 6-martdagi Sirdaryo viloyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha PQ-93-sonli qarorlari asosida Sardoba tumaniga kiritilayotgan investitsion loyihalar, qurilish ta’mirlash ishlari haqida ham toʻxtalib oʻtdi.
🖇PF-71 Korrupsiyaga qarshi kurashish umummilliy vazifa ekanligi saylovchilarga tushuntirish berdi.
Muloqot davomida mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, aholi murojaatlari bilan tizimli ishlash va mahallalar infratuzilmasini yana-da yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati yuzasidan ham atroflicha fikr almashildi.
Uchrashuv jarayonida saylovchilar tomonidan mahalla hududidagi ichki yo‘llarni asfaltlashtirish, tabiiy gaz ta’minoti tizimini tartibga solish, shuningdek, avtoturargohlar faoliyatini tizimlashtirish va ularni belgilangan talablar asosida tashkil etish bilan bog‘liq qator masalalar ko‘tarildi.
Fuqarolar mazkur yo‘nalishlarda amalga oshiriladigan ishlar mahalla aholisi uchun qulay va xavfsiz yashash muhitini ta’minlash, transport harakatini tartibga solish hamda kommunal xizmatlar sifatini yana-da yaxshilashga xizmat qilishini ta’kidladilar.
Murojaatlar yuzasidan deputat tomonidan har bir masala atroflicha o‘rganilishi, ularning yechimi bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralar ko‘rilishi hamda ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi nazoratiga olinishi qayd etildi.

Slide 1 of 3