35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Obod turmush” mahallasida “ hokim yordamchisi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tuman hokimi deputatlik faoliyati davomida "Guliston" mahallasidagi yana bir savdo do'koni faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Tuman hokimining deputatlik faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 24-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tuman Kengashi raisi saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Deputatlar tomonidan qonun ijrosi va huquqiy targ‘ibot yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Tuman Kengashi huzuridagi ekspert guruhi tomonidan qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Tuman hokimining deputatlik faoliyati
янв.21
“Madaniyat” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Davlat dasturlari ijrosi deputatlik nazoratida
Korrupsiyaga qarshi kurashish – halollik va ochiqlik sari muhim qadam
Xalq deputatlari Hazorasp tuman Kengashi tashabbusi bilan "Xorazm suv ta’minoti" aksiyadorlik jamiyati Hazorasp tuman filialida korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan amaliy tadbir o‘tkazildi.
Mazkur tadbir Xalq deputatlari Hazorasp tuman Kengashidagi "Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha" doimiy komissiyasi tomonidan tashkil etildi. Unda Xalq deputatlari Hazorasp tuman Kengashi raisi Quryozov Suxrobbek Matchanovich, Xalq deputatlari Hazorasp tuman Kengashi Kotibiyati mudiri Vaisov Mash'al Islomovich, doimiy komissiya raisi Karimova Xilola Kadamboyevna, tuman Kengashidagi "Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha" doimiy komissiyasi raisi Qo‘chqarov Shixnazar Yusupovich, "Xorazm suv ta’minoti" aksiyadorlik jamiyati Hazorasp tuman filiali rahbari Muratov Anvarbek Axmetjonovich hamda tizim xodimlari ishtirok etdilar.
👉Tadbir davomida korrupsiyaning oldini olish, davlat xizmatida halollik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlash, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda xodimlarning huquqiy ongi va mas’uliyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.


📁Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi Qonuni hamda "Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi Qonuni mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Korrupsiyaga sabab bo‘luvchi omillarni bartaraf etish, ochiqlik va hisobdorlikni ta’minlash, fuqarolarga sifatli va shaffof xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amaliy tavsiyalar bildirildi.
✅Tadbir yakunida korrupsiyaga qarshi kurashish har bir davlat xizmatchisining ustuvor vazifasi ekani, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, halollik tamoyillariga qat’iy amal qilish hamda tizimda shaffof boshqaruvni ta’minlash muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi. Shu bilan birga, bunday amaliy tadbirlar korrupsiyaning oldini olish, qonun ustuvorligini ta’minlash va aholining davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi qayd etildi.
Slide 1 of 1