35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Obod turmush” mahallasida “ hokim yordamchisi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tuman hokimi deputatlik faoliyati davomida "Guliston" mahallasidagi yana bir savdo do'koni faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Tuman hokimining deputatlik faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 24-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tuman Kengashi raisi saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Deputatlar tomonidan qonun ijrosi va huquqiy targ‘ibot yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Tuman Kengashi huzuridagi ekspert guruhi tomonidan qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Tuman hokimining deputatlik faoliyati
янв.21
“Madaniyat” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Davlat dasturlari ijrosi deputatlik nazoratida
“DAVLAT FUQAROLIK XIZMATI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI

 “DAVLAT FUQAROLIK XIZMATI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN MAZMUN-MOHIYATI
TUSHUNTIRILDI
 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati A. Dadajonov, kotibiyat
mutaxassisi M.To‘xtasinovlar tomonidan Kengash doimiy komissiyalari faoliyati
doirasida o‘ziga biriktirilgan tuman “Inson” ijtimoiy himoya makazi xodimlari
ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 8-avgustda qabul qilingan
“Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘RQ–788-son Qonunining
mazmun-mohiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
 

Tadbir davomida qonunning asosiy maqsadi, davlat fuqarolik xizmati sohasida
qonuniylik, ochiqlik, professionallik, xalq manfaatlariga xizmat qilish,
manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda davlat xizmatchilarining huquq va
majburiyatlariga oid muhim normalar yuzasidan atroflicha tushuntirishlar
berildi.
 

Shuningdek, ishtirokchilarning qonunni amaliy qo‘llashga oid savollariga
javob berilib, davlat xizmatida yuksak mas’uliyat, halollik va xizmat
intizomiga rioya qilishning ahamiyati alohida ta’kidlandi.
  

Slide 1 of 1