35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Obod turmush” mahallasida “ hokim yordamchisi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tuman hokimi deputatlik faoliyati davomida "Guliston" mahallasidagi yana bir savdo do'koni faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Tuman hokimining deputatlik faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 24-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tuman Kengashi raisi saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Deputatlar tomonidan qonun ijrosi va huquqiy targ‘ibot yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Tuman Kengashi huzuridagi ekspert guruhi tomonidan qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Tuman hokimining deputatlik faoliyati
янв.21
“Madaniyat” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Davlat dasturlari ijrosi deputatlik nazoratida
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI: “ABDULLA AVLONIY” MAHALLASIDAGI ICHIMLIK SUVI MUAMMOSI NAZORATGA OLINDI

O‘rganishlar davomida “Abdulla Avloniy” mahallasi hududidagi 19-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bilan 29-sonli ko‘p qavatli uy oralig‘ida joylashgan ichimlik suvi quvurida avariya holati yuzaga kelganligi aniqlandi.
Mazkur quvur yorilishi oqibatida toza ichimlik suvi bir necha kundan buyon behuda oqib, isrof bo‘layotgani, shuningdek mahalladagi 15-son, 27A-son, 31-son va 33-sonli ko‘p qavatli uylarning yuqori qavatlarida istiqomat qiluvchi fuqarolar ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq jiddiy muammolarga duch kelayotgani yuzasidan aholidan ko‘plab murojaatlar kelib tushdi.
❗️Mazkur holat natijasida:
✅ ichimlik suvi isrof bo‘lmoqda;
✅ hududda antisanitariya holati yuzaga kelmoqda;
✅ yo‘llar va piyodalar yo‘laklariga zarar yetmoqda;
✅ aholi o‘rtasida haqli e’tiroz va noroziliklar kuchaymoqda.
📝 Aniqlangan muammo yuzasidan deputat tomonidan Termiz shahar “Suv ta’minoti” AJ rahbari B. Qosimovga deputat so‘rovi yuborildi.
Deputat so‘rovida:
🔹 ichimlik suvi quvuridagi avariya holatini zudlik bilan bartaraf etish;
🔹 ta’mirlash ishlarini sifatli va qisqa muddatlarda amalga oshirish;
🔹 ko‘p qavatli uylarning yuqori qavatlariga suv bosimini me’yoriy holatga keltirish;
🔹 ta’mirlash ishlari yakunlangach hududni to‘liq obodonlashtirish va tiklash;
🔹 amalga oshirilgan ishlar yuzasidan fotoilovalar bilan birga qonunchilikda belgilangan muddatlarda yozma ma’lumot taqdim etish talablari ilgari surildi.
🤝 Fuqarolar tomonidan ko‘tarilayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilmoqda.
Har bir murojaat e’tiborda, har bir muammo deputatlik nazoratida!