35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Obod turmush” mahallasida “ hokim yordamchisi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tuman hokimi deputatlik faoliyati davomida "Guliston" mahallasidagi yana bir savdo do'koni faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Tuman hokimining deputatlik faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 24-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tuman Kengashi raisi saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Deputatlar tomonidan qonun ijrosi va huquqiy targ‘ibot yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Tuman Kengashi huzuridagi ekspert guruhi tomonidan qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Tuman hokimining deputatlik faoliyati
янв.21
“Madaniyat” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Davlat dasturlari ijrosi deputatlik nazoratida
Qonun ijrosi joyida o‘rganildi

🏅 “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati A. Jumaniyozov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A. Erkinov tuman sport maktabida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan joyida tanishdilar.

O‘rganish davomida sport maktabida yosh sportchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mashg‘ulot zallari, sport anjomlari bilan ta’minlanganlik darajasi, murabbiylar faoliyati hamda o‘quv-mashg‘ulot jarayonining tashkil etilishi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, sport bilan muntazam shug‘ullanish uchun yaratilgan qulay muhit, iqtidorli yoshlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida qonun ijrosini samarali tashkil etish, sport infratuzilmasidan oqilona foydalanish, yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish bo‘yicha tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 1