35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Obod turmush” mahallasida “ hokim yordamchisi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tuman hokimi deputatlik faoliyati davomida "Guliston" mahallasidagi yana bir savdo do'koni faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Tuman hokimining deputatlik faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 24-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tuman Kengashi raisi saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Deputatlar tomonidan qonun ijrosi va huquqiy targ‘ibot yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Tuman Kengashi huzuridagi ekspert guruhi tomonidan qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Tuman hokimining deputatlik faoliyati
янв.21
“Madaniyat” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Davlat dasturlari ijrosi deputatlik nazoratida
Fuqarolarni yashash joyi va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi takomillashtirildi

Fuqarolarni yashash joyi va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi takomillashtirildi

O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 10-iyuldagi O‘RQ-1074-son “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonuni fuqarolarning yashash joyi va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish jarayonlarini huquqiy jihatdan tartibga solish, mazkur sohadagi munosabatlarni takomillashtirish hamda aholiga qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan.

Mazkur Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi, vakolatli davlat organlarining vazifalari, shuningdek, ro‘yxatdan o‘tuvchi shaxslarning huquq va majburiyatlari belgilab berilgan.

Qonunning asosiy maqsadi — fuqarolarning erkin harakatlanish huquqini ta’minlash, ro‘yxatdan o‘tkazish tizimini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish, davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlarini soddalashtirish hamda fuqarolar uchun qulayliklar yaratishdan iborat.

Qonunga muvofiq, shaxslarni yashash joyi va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda shaxsning shaxsiy ma’lumotlari, yashash manzili to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa axborotlar hisobga olinadi.

Shuningdek, mazkur hujjatda ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish, davlat xizmatlarini elektron shaklda ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish hamda aholiga yanada qulay sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilgan.

Yangi tartiblar fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, davlat boshqaruvi tizimida aholini hisobga olish mexanizmlarini takomillashtirish, shuningdek, davlat organlari va fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlarda ochiqlik hamda qulaylikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Mazkur Qonun fuqarolar, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning yashash joyi hamda turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishi bilan bog‘liq munosabatlarni aniq huquqiy tartibga solib, ushbu yo‘nalishda zamonaviy va samarali tizimni shakllantirishga qaratilgan muhim huquqiy hujjat hisoblanadi.
Xalq deutatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Ergashev Dilmurod Bekmuradovich

Slide 1 of 1