35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Chegarachi” mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazoratida
янв.21
Tuman hokimi deputatlik faoliyati: Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganilib, muammolar yechimiga qaratilgan aniq choralar belgilandi
янв.21
Deputatlar tomonidan qonun ijrosi o‘rganilib, huquqiy targ‘ibot ishlari olib borildi
янв.21
Tumanda “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” tadbirlari davom etmoqda
янв.21
Deputat faoliyati: mahallada ko‘chama-ko‘cha yurilib, aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
“Obod turmush” mahallasida “ hokim yordamchisi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tuman hokimi deputatlik faoliyati davomida "Guliston" mahallasidagi yana bir savdo do'koni faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Tuman hokimining deputatlik faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 24-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tuman Kengashi raisi saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
Deputatlik so‘rovi orqali Mirobod tumanidagi ichki yo‘llar va bolalar maydonchalari masalalari ko‘tarildi

#deputat_soʻrovi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Deputatlik so‘rovi orqali Mirobod tumanidagi ichki yo‘llar va bolalar maydonchalari masalalari ko‘tarildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Otabek Jiyanboyev tomonidan Mirobod tumanidagi “Birodarlik”, “Farovon” va “Afrosiyob” mahalla fuqarolar yig‘inlaridan kelib tushgan murojaatlar asosida Toshkent shahar hokimi Sh.B. Umurzakov nomiga deputatlik so‘rovlari yuborildi.

📩 Fuqarolar murojaatlarida “Birodarlik” mahallasidagi Yashnobod ko‘chasining ichki yo‘llari, “Farovon” mahallasidagi ichki yo‘llar hamda “Afrosiyob” mahallasidagi Yakub Kolos ko‘chasi 10-uy ichki hudud yo‘llari ta’mirtalab holga kelgani, yo‘llardagi nosozliklar transport harakati va piyodalar uchun jiddiy noqulayliklar tug‘dirayotgani qayd etilgan. Shu bois mazkur hududlarda asfalt qoplamasini yotqizish va ichki yo‘llarni belgilangan me’yorlar asosida ta’mirlash yuzasidan amaliy yordam so‘ralgan.

🛣 Deputatlik so‘rovida Toshkent shahar hokimidan mazkur hududlarni mutaxassislar ishtirokida joyiga chiqib o‘rganish, ichki yo‘llarning texnik holatini baholash, ularni ta’mirlash va asfaltlash imkoniyatlarini tegishli dasturlar hamda moliyalashtirish manbalari doirasida ko‘rib chiqish, shuningdek aholi uchun xavfsiz transport va piyodalar harakatini ta’minlash bo‘yicha zarur choralarni belgilash so‘ralgan.

🎠 Shuningdek, deputat tomonidan yuborilgan yana bir deputatlik so‘rovida “Farovon” mahallasidagi Afrosiyob ko‘chasi 12/1–14/1-uylar hamda “Afrosiyob” mahallasidagi Afrosiyob ko‘chasi 21, 25, 37, 39 va 41-uylar hovlilarida joylashgan bolalar maydonchalari eskirib, foydalanish uchun noqulay holga kelgani qayd etilgan. Murojaatlarda ushbu hududlarda zamonaviy, xavfsizlik talablariga javob beradigan bolalar maydonchalarini barpo etish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatish so‘ralgan.

📝 Shu munosabat bilan deputat Otabek Jiyanboyev tomonidan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5 va 8-moddalari asosida Toshkent shahar hokimi Sh.B. Umurzakovdan mazkur ichki yo‘llar va bolalar maydonchalarining holatini joyiga chiqib o‘rganish, ularni ta’mirlash hamda zamonaviy infratuzilma bilan jihozlash yuzasidan tegishli choralarni ko‘rish, amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha qonunchilikda belgilangan muddatlarda asoslantirilgan yozma ma’lumot taqdim etish so‘raldi.

🤝 Mazkur masalalar deputat Otabek Jiyanboyev tomonidan nazoratga olingan.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1