35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Obod turmush” mahallasida “ hokim yordamchisi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tuman hokimi deputatlik faoliyati davomida "Guliston" mahallasidagi yana bir savdo do'koni faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Tuman hokimining deputatlik faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 24-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tuman Kengashi raisi saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Deputatlar tomonidan qonun ijrosi va huquqiy targ‘ibot yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Tuman Kengashi huzuridagi ekspert guruhi tomonidan qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Tuman hokimining deputatlik faoliyati
янв.21
“Madaniyat” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Davlat dasturlari ijrosi deputatlik nazoratida
#nazorat tadbiri #Kengash faoliyati

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputatlari va Kotibiyat mas’ullari tomonidan joylarda aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish, mahalla tizimi mutasaddilari faoliyatini tahlil etish hamda fuqarolar murojaatlarini tezkor hal etish borasida tizimli ishlar davom ettirilmoqda.

Kuni kecha Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi raisi Daniyar Karimov, Kotibiyat mudiri Sevar Qodirova, 1-okrug deputati Faxriddin Matasimov hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi Mukarram Nematullayevadan iborat ishchi guruh shahardagi “Xo‘ja Ahmad Yassaviy” mahallasida bo‘lishdi.

O‘rganishda:
🔹Mahalladagi ichki muhit va ijtimoiy ko‘mak: Mahalladagi xotin-qizlar faoli hamda yoshlar yetakchisining ish samaradorligi, mahalla yoshlari va xotin-qizlari bilan ishlash tizimi atroflicha o‘rganildi. ularning rejalari va amalga oshirgan ishlari tahlil qilindi.

🔹Mahalla faollarining fuqarolar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni qo‘llab-quvvatlash borasidagi faoliyati yuzasidan tavsiyalar berildi.
Eng muhimi — natija:
Tashrif davomida faqat o‘rganish bilan cheklanib qolinmadi. Ishchi guruh tomonidan mahalla fuqarolarining shaxsiy murojaatlari va muammolari ham tinglandi. Fuqarolarni qiynayotgan masalalardan biri Kengash raisi aralashuvi bilan joyida ijobiy hal etildi.

✅Xalq vakillarining bunday jonli muloqotlari va mahallabay ishlash tizimi aholining davlat idoralariga va deputatlik korpusiga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 7